27-yanvar kuni namunaviy testlarda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ishtirokchilar ro‘yxati

27-yanvar kuni namunaviy testlarda eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ishtirokchilar ro‘yxati

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi.

 

Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan @uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.

 

Hozirda bot orqali ona tili va adabiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz tili, rus tili, kimyo hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.

 

Bugun, 27-yanvar kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi.

 

Ular quyidagicha:

 

1. Javohir Abdujamilov – Farg‘ona viloyati;

2. Karimova Gulshanoy – Andijon viloyati;

3. Yuldasheva Muxayyo – Samarqand viloyati;

4. Mamirova Shahnoza – Samarqand viloyati;

5. Bunyod Esirgapov – Jizzax viloyati;

6. Abdunazarova Sabina – Surxondaryo viloyati;

7. Yulduzxon Toshaliyeva – Farg‘ona viloyati;

8. Turdiyev Xurshid – (viloyat ko‘rsatilmagan);

9. Umidjon Esirgapov – Jizzax viloyati;

10. Amirqulov Elyorbek – (viloyat ko‘rsatilmagan).

 

Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.

 

Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.

 

Testlarni bajarish tartibi esa ushbu videoda batafsil tushuntirilgan.