Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi 2026-yil bahorida o‘tkaziladigan malaka toifa attestatsiyasi doirasida fanlar va yo‘nalishlar bo‘yicha test talablari hamda ularga asoslangan namunaviy topshiriqlarni ochiq muhokamaga taqdim etilgan edi.
Xabar berganimizdek, sinov topshiriqlarini maxsus yaratilgan uztditestbot orqali bepul bajarish imkoniyati mavjud.
Hozirda bot orqali ona tili va adbiyoti, matematika, boshlang‘ich ta’lim, tarix, ingliz va rus tillaridan namunaviy testlarini yechishingiz mumkin. Qolgan fanlardan ham savol topshiriqlari navbat bilan qo‘shilmoqda.
Bugun, 24-yanvar kuni ushbu testlarda eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular quyidagicha:
- Qoryog‘diyeva Hilola — Farg‘ona viloyati;
- Karimova Shahodat — Surxondaryo viloyati;
- Yunusova Muxtasarxon — Farg‘ona viloyati;
- Saparova Mavluda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Pardayeva Munira — Surxondaryo viloyati;
- Sa’dov Bobur — Qashqadaryo viloyati;
- Xoshimova Gulnoza — Andijon viloyati;
- Annageldiyeva Nargiza — Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Azamatova Shaxnoza — Qashqadaryo viloyati;
- Toshmurodov Navruzbek — Qashqadaryo viloyati.
Ma’lumotlar ishtirokchilar tomonidan ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qanday kiritilgan bo‘lsa, aynan shu holatda joylashtirilgan. Shu bois ishtirokchilardan ma’lumotlarni to‘liq va xatosiz kiritish talab etiladi.
Hozirda test materiallari bosqichma-bosqich yuklanmoqda va yaqin fursatda Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilinadi.
Testlarni bajarish tartibi esa quyidagi videoda batafsil tushuntirilgan.
