Yangi o‘quv yilidan maktablarda sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi

Yangi o‘quv yilidan maktablarda sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi

Prezidentning 2026-yil 21-yanvarda “Sport kurashlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–22-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, 2026-yildan sport kurashlari boʻyicha quyidagi musobaqalar muntazam oʻtkazib boriladi:

 

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi;

 

– Bosh prokuror kubogi;

 

– “Oʻzbekiston botirlari” turniri;

 

– Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida kubok va chempionatlar.

 

Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

 

Sport vazirligi huzuridagi kurash mahorat maktablarida milliy kurash va sport kurashlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

2026/2027 oʻquv yilidan har bir tuman (shahar)da 1 tadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sport kurashlariga ixtisoslashgan sport klublari tashkil etiladi va kurash mahorat maktablariga biriktiriladi.

 

Sportchilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tayyorlash uchun xorijiy trenerlar va mutaxassislar jalb etib boriladi.

 

Avvalroq, oʻquvchi qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.