Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchisi Samandar Erjonov muddatidan oldin talaba bo’ldi. U Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlarida 189 ball to‘plab, barcha zarur sertifikatlarni qo’lga kiritdi. Bu haqda Navoiy Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur yuqori natija Samandarga o‘zi tanlagan oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin talaba bo‘lish imkonini berdi.
Avvalroq, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 6-sinf o’quvchisi arab tilidan, Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi va Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 3-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajani qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
