20-avgustga qadar 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” yetkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bugun 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘alari” ni hududlarga jo‘natish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan jarayonlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

 

Vazirlik Axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilida 10 182 ta maktabda, 525 mingdan ortiq o‘qituvchilar 6,5 mln. nafardan ortiq o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishi kutilmoqda.

 

Yangi o‘quv yilida 719 366 nafar maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar uchun beriladigan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” 10-avgustga qadar hududlarga, 20-avgustga qadar esa qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.

 

Ushbu 12 nomdagi o‘quv qurollari — portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim, o‘chirg‘ich to‘plamidan iborat.

 

1-sinfga qabul qilingan bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq o‘quv “Prezident sovg‘asi” bilan ta’minlash maqsadida har bir qabul qilingan o‘quvchi elektron tizimga (adm.maktab.uz) kiritib borilmoqda.

 

Press-tur davomida ta’kidlanganidek, yangi o‘quv yilida asosiy e’tibor sifatli ta’limni ta’minlashga qaratiladi. Shu maqsadda 2023/2024-o‘quv yilida Prezident va ixtisoslashgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi respublikadagi 500 ta maktabda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, ijobiy natijalarga erishilgan edi. Mazkur tajriba yangi o‘quv yilidan yana qo‘shimcha 1 000 ta maktabda joriy etiladi.

 

Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida maktablarga 500 nafar xorijlik mutaxassislar umumta’lim maktablariga jalb etilib, o‘quvchilarga xorijiy tillarni o‘qitishda samarali natijalarga erishildi, bu jarayon yangi o‘quv yilida ham davom ettiriladi.

 

2024-yilda davlat dasturi asosida 608 ta (30 ta yangi maktab qurish, 518 tasini rekonstruksiya qilish va 60 tasini mukammal ta’mirlash) maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi natijasida 180 mingdan ortiq yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi, Shuningdek, 95 ta yangi sport zali binolari quriladi.

 

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ham alohida ta’kidlab o‘tildi. 2024-2025 o‘quv yilida 37 548 ta (6867 ta davlat, 835 ta nodavlat, 1462 ta DXSH va 28 384 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2,3 mln.dan ortiq (74,6 foiz) 3-7 yoshli bolalar qamrab olinadi.

 

Yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 96 foizga yetkazish belgilangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры