11-sinf o‘quvchisi 4 ta til bo‘yicha xorijiy va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

11-sinf o‘quvchisi 4 ta til bo‘yicha xorijiy va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi

Buxoro tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sevara Avezova to‘rtta til bo‘yicha xorijiy va milliy sertifikatlarga ega bo‘ldi.

 

U ingliz, nemis va koreys tillari bo‘yicha xalqaro, rus tili fanidan esa milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

 

U chet tilini bilish darajasi aniqlash test sinovi quyidagicha natija koʻrsatgan:

 

Ingliz tili – CEFR B2

 

Rus tili va adabiyot – C (49.49 ball)

 

Nemis tili – onSET-Zertifikat A2

 

OnSet (Online-Spracheinstufungstest) imtihoni — bu xalqaro imtihon bo‘lib, u onlayn test shaklida o‘tkaziladi va nemis tilini bilish darajasini aniqlash imkonini beradi. Bu sertifikat Germaniyaning ayrim fondlari stipendiya dasturlarida ishtirok etish uchun (masalan, DAAD) talab etiladi.

 

Koreys tili – TOPIK 1 (1급)

 

Ma’lumot uchun, TOPIK (Test of Proficiency in Korean) — koreys tilini ona tili bo‘lmagan shaxslarning koreys tilida ifoda etish va tushunish qobiliyatini aniqlashga mo‘ljallangan yozma imtihondir.

 

TOPIK testi koreys tilida o‘qishyozish, gapirish va tinglab tushunish ko‘nikmalarini baholaydi. Imtihon uchta asosiy darajadan iborat: boshlang‘ich (Beginner)o‘rta (Intermediate) va yuqori (Advanced). Har bir daraja ikki bosqichga bo‘lingan bo‘lib, umumiy hisobda 6 ta baho (grade) orqali til bilish darajasi aniq baholanadi.

 

Avvalroq, Buxoro tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabining 6-sinf oʻquvchisi Shaxnozabonu Boboniyozova koreys tilini bilish darajasini aniqlovchi xalqaro TOPIK I sertifikatini qoʻlga kiritgani haqida xabar berilgan edi.