Samarqand shahridagi 33-umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Alisher Qahramonov ingliz tili bo’yicha IELTS imtihonidan 6.5 ball olib, til bilish bo‘yicha B2 darajadani qo‘lga kiritdi.
Bu haqda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.
Alisher Qahramonovning IELTS imtihonidagi natijalari quyidagicha:
Reading: 6.5
Listening: 7
Writing: 6
Speaking: 7
Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 6-sinf o’quvchisi arab tilidan B2 darajadagi sertifikatni qo’lga kiritgan edi.
Avvalroq, Farg‘onada 3-sinf o‘quvchisi va Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahridagi 3-sonli maktabning 4-sinf o‘quvchisi ingliz tilidan B2 darajani qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
