Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Prezident davlat stipendiyasi uchun:
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabgor nomzodlar “O‘zbekiston tarixi”, “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” fanlaridan test sinovlarida ishtirok etadi.
Test sinovlari sanasi: 2026-yil 27-yanvar kuni Toshkent shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo’lib o’tadi (Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12-uy).
Test sinovlariga talabgorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari bilan belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari qat’iy so‘raladi.
Ma’lumot uchun: 2025-2026-oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovini oʻtkazish rejasiga koʻra, nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabgorlarning ilmiy ishlari va erishgan yutuqlari ekspertlar tomonidan baholanadi.
Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.


