Eng ko‘p kitob o‘qigan TOP-100 nafar o‘quvchi va talabaga pul mukofoti beriladi

Eng ko‘p kitob o‘qigan TOP-100 nafar o‘quvchi va talabaga pul mukofoti beriladi

Prezidentning 2026-yil 15-yanvarda “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o’rtasida kitob o’qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–9-son qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda:

 

– 2026-yil 1-martga qadar tegishli soha bo’yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro’yxati shakllantiriladi;

 

– har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o’zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug’at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;

 

2026-yil 1-aprelga qadar o’zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo’lga qo’yiladi;

 

– kitobxonlik bo’yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;

 

– tanlov asosida eng ko’p kitob o’qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Shuningdek, eng ko’p kitob o’qigan top-100 talikka kiradigan o’quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Avvalroq, qarorga muvofiq umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish