Mutaxassis lavozimidagi pedagog bahorgi attestatsiyada qatnashsa nechanchi toifani oladi?

Mutaxassis lavozimidagi pedagog bahorgi attestatsiyada qatnashsa nechanchi toifani oladi?

Savol: Men 2025-yilda universitetni tugatib, maktabga ishga kirdim, toifam mutaxassis. 2026-yil yanvar-iyun oylarida boʻladigan attestatsiyaga navbatdan tashqari qatnashish uchun hujjat topshirdim. Murojaatim qabul qilindi. Men toifa testlarida 70 balldan yuqori toʻplasam, menga 1-toifa beriladimi yoki 2-toifami?

 

Javob: Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son Nizomning 44-bandiga ko’ra, malaka toifalari ikkita bosqich natijalariga koʻra:

 

g) mutaxassis yoki oliy maʼlumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

60 ball va undan yuqori koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilgan;

 

55 balldan 59 ballgacha koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtgan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan;

 

55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun, malaka toifalarini oshirish yoki tushirish bosqichma-bosqich, yaʼni bir pogʻona koʻtarish yoki bir pogʻona tushirish orqali amalga oshiriladi (alohida yutuqlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladigan malaka toifalari bundan mustasno).