Erasmus+ haqida eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar

Erasmus+ haqida eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar

Erasmus+ nima?

 

Erasmus+ — bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohalarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturidir. U orqali talaba, o‘qituvchi va xodimlar Yevropada o‘qish, dars berish yoki malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

O‘zbekistondagi Milliy Erasmus+ Ofisi nima bilan shug‘ullanadi?

 

Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda samarali amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi:

 

– Dastur haqida ma’lumot beradi;

 

– Ariza topshiruvchilarga maslahat beradi;

 

– Hamkorlar topishda ko‘maklashadi;

 

– Higher Education Reform Expertlar (HEREs) faoliyatini muvofiqlashtiradi;

 

Turli tadbirlar (seminarlar, infodaylar va boshqalar) tashkil qiladi.

 

Qachon ofisga kelib maslahat olish mumkin?

 

Milliy Erasmus+ Ofisi individual maslahat bermaydi. Ammo, onlayn muloqotlar, ochiq darslar va ta’lim yarmarkalarida ishtirok etadi. Savollaringiz bo‘lsa, ularni  neo@erasmusplus.uz manziliga yuborishingiz mumkin.

 

Bakalavriat talabalari uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

 

Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi orqali siz:

 

– 3-12 oylik o‘qish mobilligida;

 

– 2-12 oylik amaliyot (traineeship) dasturlarida qatnashishingiz mumkin.

 

Ariza topshirish uchun o‘qiyotgan oliygohingizdagi Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.

 

Erasmus Mundus dasturlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?

 

Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) katalogi:

 

https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en

 

Har bir dastur alohida vebsaytga ega va ariza muddati farq qiladi — yozda, kuzda yoki qishda ochilishi mumkin.

 

Erasmus+ dasturlariga qachon ariza topshiriladi?

 

Bu har bir dasturga bog‘liq. EMJM uchun odatda oktyabr-fevral oralig‘ida, ICM esa har bir universitet shartlariga ko‘ra farq qiladi.