“Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi

“Mening maktabim” loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi

“Mening maktabim” loyihasi 2-bosqichining ovoz berish jarayonlari bugun, 11-yanvardan boshlandi.

 

Jarayonlar 20-yanvar soat 23:59 ga qadar davom etadi.

 

“Ochiq byudjet” portali orqali maktabingizdagi o‘zingiz muhim deb bilgan loyihaga ovoz berishingiz mumkin.

 

Xabar berganimizdek, loyihaning 2025-yilgi 2-bosqichi loyiha kiritish jarayonlari 15-dekabrdan boshlangan edi.

 

2-bosqich doirasida 3 va 5-toifaga kiritilgan 96 ta tumandagi 5 104 ta maktab ishtirok etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, “Mening maktabim” loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan har bir oʻquvchi oʻzi taʼlim olayotgan umumtaʼlim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.

 

O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:

 

— avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;

— mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.

 

Mazkur bosqichda ishtirok etayotgan 96 ta tuman ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin:

 

Ma’lumot uchun: 1-bosqichda g‘oliblar aniqlanmangan 36 ta maktab joriy yilgi 2-bosqich doirasida qaytadan ishtirok etish imkoniyatiga ega.