Surxondaryoda ham o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinganligi aytilmoqda

Surxondaryoda ham o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinganligi aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda viloyatdagi barcha texnikum o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilinganligi, shuningdek, dalaga chiqarib, daraxt ektirilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Kasbiy ta’lim agentligi axborot xizmati munosabat berdi.

 

‘‘Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Surxondaryoda ham o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinmoqda” sarlavhali xabarda keltirilgan holat Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan nazoratga olingan. Hozirda ishchi guruh tomonidan holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

 

Shu o‘rinda, fuqarolar va jamoatchilikda ushbu holat yuzasidan aniq daliliy ma’lumotlar mavjud bo‘lsa Agentlikka taqdim etishlari so‘raladi’’, deyiladi xabarda.

 

Avvalroq, Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 42-maktab oʻqituvchilarni “majburiy mehnatga jalb etilgani” uchun maktab direktori 42 mln soʻm miqdorida jarimaga tortilgan. Pedagoglarni oʻz lavozim majburiyatidan tashqari ishlarni bajarish holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.