Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlari uchun 2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yilning 6-yanvar kunidan boshlanadi va 1-martga qadar davom etadi.
Murojaatlarni:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi pedagog.uzedu.uz (pedkadr.uzedu.uz) – platformasi orqali (ONE ID-tizimi orqali shaxsiy kabinetga kiriladi va tegishli maʼlumotlar kiritiladi:
– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz/uz orqali;
– davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin.
Yanvar-fevral oylarida murojaatlar qabul qilinadi.
Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi.
Iyun oyida Sertifikatlar tarqatiladi.
Avvalroq, bahorgi pedagoglar attestatsiyasi sinovlari spetsifikatsiyasi hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz: malaka toifa sinovlari Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun hamda ‘‘Yil oʻqituvchisi’’ tanlovining birinchi bosqich saralash sinovi ham hisoblanadi. Shuningdek, mazkur attestatsiyada 86 va undan yuqori ball toʻplab olingan yoki saqlab qolingan oliy hamda birinchi malaka toifalari uchun keyingi ikki yil davomida 70% ustama toʻlab beriladi.
