Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: “Davlat granti” yoki “Ta’lim yo’nalishi”.
2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni, abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarini aralashtirib tanlashi mumkin.
Shu sababli, abituriyent “davlat granti” ustuvorligini tanlasa, bu shakl ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlangan holatda grant qismi tashlab ketiladi.
Agar abituriyent beshta yo’nalishga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishlarni tanlayotgan bo’lsa, o’z-o’zidan grantga kirish imkoni yo’qoladi.