Joriy yilgi Sirdaryo viloyati bitiruvchilari test sinovlarida qanday natija ko‘rsatishdi?

Joriy yilgi Sirdaryo viloyati bitiruvchilari test sinovlarida qanday natija ko‘rsatishdi?

Sirdaryo viloyati joriy yilgi bitiruvchilarining oliy ta’limga kirish imtihonlari natijasiga ko’ra, quyidagi reyting tuzildi:

 

Sirdaryo viloyati joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha ballari bo‘yicha Guliston shahri va Guliston tumanlari bitiruvchilari nisbatan yaxshiroq natija qayd etishgan. Sardoba tumani esa, pastroq natija bilan so‘nggi o‘rinda.

 

1. Guliston shahri — 82,408 ball

2. Guliston tumani — 81,793 ball

3. Yangiyer shahri — 80,835 ball

4. Boyovut tumani — 75,192 ball

5. Mirzaobod tumani — 74,24 ball

6. Sayxunobod tumani — 71,15 ball

7. Shirin tumani — 70,98 ball

8. Sirdaryo tumani — 69,617 ball

9. Oqoltin tuman — 69,46 ball

10. Xovos tumani — 69,037 ball

11. Sardoba tumani — 67,267 ball

 

Joriy yilgi bitiruvchilarining o‘rtacha balli bo‘yicha Sirdaryo viloyatidagi Top 10 ta’lim muassasalari:

 

Reytingda ko‘proq ixtisoslashgan va ijod maktablarini ko‘rishimiz mumkin. O‘nlikda bitta umumiy o‘rta ta`lim maktabi ham joy olgan.

 

1. Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi — 156,81 ball

2. Ixtisoslashtirilgan maktab internati (Guliston tumani) — 144,43 ball

3. Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktabi-internati — 131,84 ball

4. 1-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Mirzaobod tumani) — 125,29 ball

5. Ixtisoslashtirilgan maktab (Sayxunobod tumani) — 124,16 ball

6. Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — 120,41 ball

7. Nodavlat ta’lim tashkiloti (Guliston shahri) — 116,09 ball

8. Guliston davlat universiteti akademik litseyi —114,48 ball

9. 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim (Sirdaryo tumani) — 114,06 ball

10. Ixtisoslashtirilgan maktab (Yangiyer shahri) —112,89 ball

 

Joriy yil Sirdaryo viloyati bitiruvchilarining majburiy fanlarni ishlash bo‘yicha natijalari: (to‘g‘ri javoblar foiz ko‘rsatkichida)

 

1. Yangiyer shahri — 45 foiz

2. Guliston tumani — 44 foiz

3. Guliston shahri — 43 foiz

4. Oqoltin tumani — 42 foiz

5. Mirzaobod tumani — 42 foiz

6. Boyovut tumani — 41 foiz

7. Shirin shahri — 41 foiz

8. Sayxunobod tumani — 40 foiz

9. Sirdaryo tumani — 39 foiz

10. Sardoba tumani — 39 foiz

11. Xovos tumani — 39 foiz

 

Natijasi qiymatlanmagan joriy yil bitiruvchilari jami 883 ta. Bu borada Yangiyer shahri va Oqoltin tumani qoniqarli ko‘rsatgichda.

 

1. Guliston shahri — 209 ta

2. Xovos tumani — 154 ta

3. Sirdaryo tumani — 112 ta

4. Sardoba tumani — 64 ta

5. Mirzaobod tumani — 61 ta

6. Guliston tumani — 60 ta

7. Boyovut tumani — 57 ta

8. Sayxunobod tumani — 50 ta

9. Shirin shahri — 46 ta

10. Oqoltin tumani — 38 ta

11. Yangiyer shahri — 32 ta

 

Bundan tashqari, test jarayonlaridan chetlatilgan joriy yil bitiruvchilari jami uchtani tashkil qiladi.

 

Mirzaobod tumani — 1 ta

Shirin shahri — 1 ta

Sirdaryo tumani — 1 ta.