Prezident Qarori bilan Salomov Oʻktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Oʻktam Salomov 1977-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti bakalavriat bosqichini 1998-yilda tamomlagan. Fizika fanlar doktori (DSc).
Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
U tayinlovga qadar Fargʻona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
