O‘zbekistonliklar 11 oyda ta’lim xizmatlariga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar 11 oyda ta’lim xizmatlariga qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan.

 

Hududlar kesimida ta’lim xizmatlariga eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu yerda sarflangan mablag‘ 16,6 trln so‘mni tashkil etgan.

 

Shuningdek:

 

— Samarqand viloyatida — 2,5 trln so‘m

 

— Farg‘ona viloyatida — 2,2 trln so‘m

 

— Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlarida — 1,7 trln so‘mdan

 

— Toshkent viloyatida — 1,6 trln so‘m

 

— Qashqadaryo viloyatida — 1,5 trln so‘m

 

— Surxondaryo viloyatida — 1,2 trln so‘m

 

— Xorazm viloyatida — 1,1 trln so‘m

 

— Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 trln so‘m sarflangan.

 

Eng kam ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyati (343,7 mlrd so‘m), Navoiy viloyati (438,5 mlrd so‘m) va Jizzax viloyati (532,3 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Avvalroq e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mni tashkil etgan, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga ko‘p. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 foizini tashkil etgan.

 

Qayd etilishicha, mazkur davrda ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ularning ulushi 46,6 foizga teng bo‘lgan.