2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq oʻqituvchi oʻta olmagan

2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq oʻqituvchi oʻta olmagan

Joriy yil 25-dekabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2025-yilda o‘tkazilgan pedagoglarning malaka toifa sinovlari bo‘yicha hisobot berdi.

 

Unga ko‘ra, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish hamda stajyor-oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash yoʻnalishida:

 

– 353 604 nafar pedagog malaka (test) sinovlarida ishtirok etgan;

 

– 22 311 nafar pedagog — oliy, 43 445 nafar pedagog — birinchi, 60 055 nafar pedagog — ikkinchi, 13 371 nafar pedagog — mutaxassis malaka toifasiga ega boʻlgan;

 

– 125 811 nafar malaka toifasini saqlagan va oshirgan pedagoglarga tegishli malaka toifa sertifikatlari berilgan;

 

– 6 553 nafar pedagog (1 438 nafariga oliy, 1 443 nafariga birinchi, 3 672 nafariga ikkinchi)ga toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) malaka toifa sertifikatlari berilgan;

 

– 21 836 nafar stajyor-oʻqituvchi kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida ishtirok etgan;

 

– tegishli milliy va xalqaro tan olingan 48 599 ta (27 982 tasi milliy, 20 577 tasi xalqaro) sertifikat haqiqiyligi tasdiqlandi hamda ushbu sertifikatlar uchun pedagoglarga belgilangan tartibda ustama toʻlangan.