Talabalarga uyini ijaraga bergan soliq toʻlovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan

Talabalarga uyini ijaraga bergan soliq toʻlovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan

Yanvar-noyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 57,5 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.

 

Soliq organlarida 666 mingdan ortiq ijara shartnomalari hisobga qo‘yilgan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha 1 trln so‘mdan ziyod soliqlar hisoblangan.

 

Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 466,2 mingta ijara shartnomasi asosida 788,7 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 10,1 foiz va hisoblangan daromad solig‘i summasi 56 foizga oshgan.

 

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 200,1 mingta ijara shartnomasi asosida 253,4 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024 yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 22 foiz va hisoblangan soliq summasi 29,6 foizga oshgan.

 

Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-noyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 57,5 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 123,6 mingdan ortiq turar-joy ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 143 703 nafarni tashkil etgan.

Talabalarga uyini ijaraga bergan soliq toʻlovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan