Bugun “El-yurt umidi” stipendiyasi tanlovi suhbat natijalaridan norozilar uchun apellyatsiya berishning oxirgi kuni

Bugun “El-yurt umidi” stipendiyasi tanlovi suhbat natijalaridan norozilar uchun apellyatsiya berishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor, kuni kecha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2025-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi suhbat bosqichi natijalari e’lon qilindi. Suhbat natijalaridan norozi nomzodlar 22-dekabr soat 18:00 ga qadar Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Murojaatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining apellyatsiya@eyuf.uz elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

 

Murojaatda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi kerak:

 

— Nomzodning F.I.Sh.;

 

— Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — JSHSHIR (PINFL);

 

— Suhbat oʻtkazilgan sana;

 

— Apellyatsiya uchun asos.

 

Shikoyatlar 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va natijasi haqida murojaatchiga xabar beriladi.

 

Eslatma: Tanlov jarayonining barcha bosqichlari boʻyicha nomzodlarning qayta suhbatdan oʻtishi, test topshirishi yoki yozma ish yozishiga ruxsat etilmaydi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish