Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi 49-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Olloberdi Muxammadov xalqaro miqyosda tan olingan SAT (Scholastic Assessment Test) imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori natijani qoʻlga kiritdi.
Mazkur imtihon dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanib, unda matematika, mantiqiy fikrlash hamda akademik ingliz tili boʻyicha bilim va ko‘nikmalar sinovdan o‘tkaziladi.
SAT 1550
Reading and Writing – 760 ball
Math – 790 ball
Avvalroq, Navoiylik o‘quvchi SAT imtihonidan 1590 ball to‘plagani haqida xabar berilgan edi.
