Xabaringiz bor, 2025-2026-o‘quv yili II chorak yakuni bo‘yicha onlayn summativ baholash sinovlari 18-25 dekabr kunlari onlayn shaklda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Onlayn sinov jadvali:
5-sinf – 18-dekabr
6-sinf – 19-dekabr
7-sinf – 20-dekabr
8-sinf – 22-dekabr
9-sinf – 23-dekabr
10-sinf – 24-dekabr
11-sinf – 25-dekabr
Muhim eslatma! O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashadi. Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi kerak.
Bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarida 2025-2026-oʻquv yilining II chorak yakuni yuzasidan summativ baholash sinovlari anʼanaviy shaklda oʻtkaziladigan umumtaʼlim maktablari ro’yxati bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:
Ro’yxat – Faylni yuklash

