“Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” sport jamiyati negizida tashkil etilayotgan “Kelajak” markazlari uchun malakali rahbarlik lavozimiga ochiq tanlov e’lon qilindi.
Lavozimlar maqsadi:
O‘quvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uyg‘otish
STEM, ilm-fan, san’at, sport va xorijiy tillar yo‘nalishidagi to‘garaklarni rivojlantirish
Liderlik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish
SEL (ijtimoiy-emosional ta’lim) modeli asosida bolalar bilan ishlash
ERP.PORTFOLIO tizimi orqali o‘quvchilar faoliyatini raqamlashtirish
Tanlov shartlari va imtiyozlar:
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga har oy maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi
To‘garak rahbarlari uchun haftalik ish yuklamasi: 16 soat
Direktorlar faoliyati KPI asosida baholanadi
Hududiy markazlar STEM, xorijiy tillar, ilm-fan, san’at va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashadi
Ariza topshirish uchun talabgorlar o’zi haqidagi maʻlumotlarni tanlov.uzedu.uz manziliga yuborishlari kerak.
