Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil bitiruvchilarining kirish test sinovlarida qayd etgan natijalari e’lon qilindi.

 

Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

 

Unga ko‘ra, bu yilgi sinovlarda jami 378 574 nafar 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etgan.

 

Ularning 226 151 nafari ya’ni 59,74 foizi maksimal ballning 30 foizini ya’ni 56,7 ball va undan ko‘p to‘play olgan bo‘lsa, 152 114 nafari ushbu natijani qayd etolmagan.

 

Hududlar kesimida bu boradagi eng yaxshi natija Buxoro viloyati (69 foiz), Toshkent shahri (68,5 foiz) va Navoiy viloyati (65,4 foiz) ulushiga to‘g‘ri kelgan.

 

Eng past natijalar esa Sirdaryo (55,3 foiz), Farg‘ona (54,3 foiz) hamda Surxondaryo viloyatlarida qayd etilgan.