May oyida bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

May oyida bo‘lib o‘tgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil may oyida o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda.

 

Xabaringiz bor, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 16-17-, 23-24- va 30-31-may kunlari chet tilidan malaka imtihonlarining yozma bosqichi o‘tkazilgan edi.

 

Malaka imtihonlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan.

 

Ularda 141 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 265 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan.

 

Ayni vaqtda imtihon natijalari bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda.

 

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz orqali bilishlari va sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

 

Avvalroq, abituriyentlar xalqaro chet tili sertifikatlarini bazaga kiritishda nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida xabar bergan edik.