Endi har yili talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilar Xitoyga xorijiy stajirovkaga yuborilishi mumkin

Endi har yili talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilar Xitoyga xorijiy stajirovkaga yuborilishi mumkin

2025-yil 20–24-noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universitetiga rasmiy tashrif amalga oshirdi.

 

Tashrif doirasida “Resurslardan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha Bir makon, bir yo‘l qo‘shma laboratoriyasi”ni tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolab, Sian neft universitetida ushbu qo‘shma laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

 

Qo‘shma laboratoriya doirasida magistrantlar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy stajirovkalar tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

 

Ta’kidlanishicha, loyiha natijalari asosida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma ilmiy loyihalar tanloviga hujjatlar taqdim etilishi belgilangan.

 

Shuningdek, 2026-yildan boshlab har yili 2 nafar talaba, 1 nafar doktorant va 2 nafar professor-o‘qituvchi Sian neft universitetiga xorijiy stajirovkaga yuborilishi rejalashtirilgan.

 

Endi har yili talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilar Xitoyga xorijiy stajirovkaga yuborilishi mumkin