2026-yildan akademik litseylarni saqlash hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim hamda ixtisoslashtirilgan maktablar obyektlarini loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va mukammal taʼmirlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjetidan moliyalashtirishga oʻtkaziladi.
Respublika byudjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetiga, viloyatlar viloyat byudjetlariga va Toshkent shahri shahar byudjetiga 2026-yilda 19,7 trln soʻm (shundan, aksiz soligʻi tushumlari hisobidan 3,6 trln soʻm) tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar oʻtkazib berilishi prognoz qilingan.
Avvalroq, 2026-yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalarni oshirishga qancha pul ajratilishi haqida ma’lum qilingan edi.
