Maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkaziladigan imtihon tartibi va tavsiya etiladigan adabiyotlar

Maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkaziladigan imtihon tartibi va tavsiya etiladigan adabiyotlar

Xabaringiz bor, maktab maslahatchisi lavozimiga tanlov ishtirokchilarini baholash uchun test sinovi spetsifikatsiyasi, suhbat bosqichining oʻtkazilish tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

 

Test sinovi spetsifikatsiyasida test topshiriqlari mazmuni, qamrovi, formati, baholanadigan kognitiv koʻnikmalari, topshiriq turlari, baholash mezoni va sinovlarni oʻtkazish tartibi aks etgan.

 

Unga koʻra:

 

– tanlov ikki bosqichda (test sinovi va suhbat) tashkil etiladi;

 

– test imtihoni vaqtida nazoratchi tomonidan qoidabuzarlik aniqlaganda, nomzod testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi;

 

– alohida taʼlimga ehtiyoji bor talabgorlar uchun qoʻshimcha vaqt beriladi;

 

– koʻrishda imkoniyati cheklangan talabgorlarga savollarni oʻqib berish uchun maxsus texnik yordamchi bilan kelishiga ruxsat etiladi.

 

Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning:

 

– oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish, oliygohlarga yoʻnaltirish, loyiha, trening va tarmoq toʻgaraklarini tashkil etish, sohaga doir istiqboldagi rejalari va muammoli vaziyatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy-madaniy koʻnikmalari baholanadi;

 

– suhbat bosqichida talabgorlarga 5 ta savoldan iborat bilet tanlash imkoni beriladi va unga tayyorlanish uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (zarurat tugʻilsa, suhbat davomida qoʻshimcha savollar berilishi mumkin).

 

Nomzodlarni baholash uchun test sinovi spetsifikatsiyasi – Faylni yuklash

 

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar maktab maslahatchiligiga ishga kirish uchun 6000 nafardan ortiq nomzodlarning hujjatlari qabul qilingan.

 

Avvalroq, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘quvchi sonidan kelib chiqib stavka ajratilishi haqida xabar bergan edik.