O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari:
bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakliga — 34 838 nafar etib,
magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 9 365 nafar etib belgilandi.
Shuningdek, farmoyishga muvofiq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:
a) uch kun muddatda:
davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;
davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni;
b) bir hafta muddatda:
respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat grantiнинг taqsimoti yuzasidan takliflarni;
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 2000 ta davlat grantiнинг taqsimoti yuzasidan takliflarni;
o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti bo‘yicha takliflarni.
Bundan tashqari, Davlat komissiyasi bir hafta muddatda 2024/2025 o‘quv yili uchun:
a) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul bo‘yicha:
oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlarini;
imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul parametrlarini;
tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishining oldingi o‘quv yilidagi o‘rtacha o‘tish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari buyurtmalariga muvofiq, umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim tashkilotining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini ta’lim sohalari (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari) kesimida;
b) magistratura mutaxassisliklaribo‘yicha qabul parametrlarini davlat granti va to‘lov-kontraktga ajratgan holda oliy ta’lim muassasalari va tillar kesimida tasdiqlashi kerak.