Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi uchun ertangi kun reja-grafigi e’lon qilindi.
Unga koʻra, asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi 2-guruh fanlari bo‘yicha quyidagi reja-grafik asosida 10-sinflar o‘rtasida Respublika bo‘ylab o‘tkaziladi:
– Tarix — 10:00-11:20;
– Geografiya — 10:00-11:20;
– Davlat va huquq asoslari — 10:00-11:20;
– Rus tili va adabiyoti — 10:00-12:00;
– Tojik tili — 10:00-12:00;
– Ona tili va adabiyot — 10:00-12:00;
– O‘zbek tili — 10:00-12:00;
– Qozoq tili — 10:00-12:00;
– Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 10:00-12:00;
– Ingliz tili — 10:00-13:00;
– Fransuz tili — 10:00-13:00;
– Nemis tili — 10:00-13:00.
Olimpiada yoʻriqnomasi bilan ushbu postda tanishishingiz mumkin.
Eslatib oʻtamiz, jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi.
Avvalroq, asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi — 2-guruh fanlari 1-dekabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik.
