Oliy ta’lim tizimida ordinatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar soni 7 942 nafarni tashkil etmoqda. Yangilangan statistikaga ko‘ra, ushbu bosqichda erkaklar ulushi yuqori — 4 789 nafar yoki 60,3 foiz. Ayollar esa 3 153 nafar bo‘lib, jami talabalar tarkibining 39,7 foizini tashkil qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ordinatura talabalari orasida yoshlar ustunlik qiladi: 30 yoshgacha bo‘lganlar 6 853 nafar, 30 yoshdan oshganlar esa 1 089 nafar.
Moliyalashtirish bo‘yicha ko‘rsatkichlarda kontrakt talabalari ko‘pchilikni tashkil etib, ularning soni 7 188 nafarga yetgan. Grant asosidagi ta’lim esa, o‘qiyotganlarning 754 nafariga to‘g‘ri keladi.
Kurslar bo‘yicha taqsimot quyidagicha:
– 1-kurs: 4 413 nafar;
– 2-kurs: 3 511 nafar;
– 3-kurs: 18 nafar.
Fuqarolik kesimida ulardan 7 705 nafari O‘zbekiston fuqarosi, 237 nafari esa xorijiy davlat fuqarolari hisoblanadi.
Talabalar yashash joyi bo‘yicha taqsimotga ko‘ra, ulardan:
– 3 220 nafar — o‘z uyida;
– 3 108 nafar — talabalar turar joyida;
– 958 nafar — ijarada;
– 491 nafar — qarindoshinikida;
– 165 nafar — tanishinikida istiqomat qiladi.
Ta’lim shakllari bo‘yicha esa ordinatura bosqichi deyarli to‘liq kunduzgi formatda olib boriladi — 7 931 nafar talaba kunduzgi shaklda tahsil olmoqda. Masofaviy ta’limda o‘qiyotganlar soni 1 nafarni tashkil etadi.
Avvalroq, O‘zbekiston OTMlarida qancha magistrant tahsil olayotgani haqida xabar bergan edik.







