“O‘zbekiston ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan” – o‘quvchilarning Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlashtirilganiga izoh berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova o‘zbekistonlik o‘quvchilarning Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlashtirilganiga izoh berdi.

 

Unga ko‘ra, olimpiada davomida Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey pedagogi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.

 

“Mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilindi.

 

Shuni alohida ta’kidlash lozim: keyingi yilda O‘zbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan.

 

Bu bo‘yicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma jo‘natish jarayonida ma’lum bo‘ladi”, deyiladi munosabatda.

 

Ta’kidlash lozim, joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida 35-Xalqaro Biologiya olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Olimpiadada, shuningdek o‘quvchilarimiz bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashdi.

 

Olimpiada sinovlaridan so‘ng, tashkiliy qo‘mita tomonidan jamoalarning olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan o‘z ona tillariga tarjima qilish jarayonida qo‘shimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlangan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры