Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi — 2-guruh fanlari 1-dekabrdan boshlanadi

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi — 2-guruh fanlari 1-dekabrdan boshlanadi

Fan olimpiadalari markazi tomonidan o‘tkazilayotgan Asosiy olimpiadaning uchinchi — hududiy bosqich fanlar kesimida ikki guruhga bo‘lingan holda tashkil etilmoqda.

 

1-guruh fanlari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari.

2-guruh fanlari: ona tili va adabiyot, shuningdek o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, nemis, fransuz, tojik, qozoq tillari, tarix, geografiya hamda davlat va huquq asoslari.

 

1-guruh fanlari bo‘yicha test sinovlari kecha, 28-noyabr kuni yakunlandi. Unda Respublika bo‘ylab:

 

– kimyo fanidan — 2 306 nafar,

– fizika fanidan — 2 462 nafar,

– informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 2 207 nafar,

– biologiya fanidan — 2 314 nafar 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

 

1-guruh fanlari (matematika, fizika, kimyo, biologiya) 2 turda o‘tkazildi:

 

– yozma ish: 5 ta topshiriq, 180 daqiqa;

 

– test: 30 ta savol (ochiq-yopiq), 90 daqiqa.

 

Informatika fanidan esa 1 tur — 5 ta masala, onlayn yechim, 240 daqiqa.

 

1-dekabrdan boshlab 2-guruh fanlariga start beriladi.

 

Avvalroq, asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichida (viloyat) g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga beriladigan pul mukofotlari haqida xabar bergan edik.

 

Reja-grafik bilan ushbu rasm orqali tanishishingiz mumkin:

 

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi — 2-guruh fanlari 1-dekabrdan boshlanadi