Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda 624 mingga yaqin ijara shartnomasi hisobga qoʻyilganini maʼlum qildi.
Ta’kidlanishicha, uy-joylarni talabalarga ijaraga bergan soliq to‘lovchilar daromadlari soliqdan ozod etilgan. Yanvar-oktyabr oylarida ularga daromad solig‘idan 50,4 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi. Talabalar bilan 114,4 mingdan ortiq turar-joy ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 135 276 nafarni tashkil etdi.
Yanvar-sentyabr oylarida esa daromad solig‘idan 44 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan. Talabalar bilan 96,3 mingdan ortiq ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 118 998 nafarni tashkil etgan.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 445,1 mingta ijara shartnomasi asosida 732,6 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 11,1% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 50,8%ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 178,7 mingta ijara shartnomasi asosida 225 mlrd so‘m soliq hisoblanib, 2024-yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 13,5% va hisoblangan soliq summasi 21,6%ga oshgan.
Ushbu shartnomalar bo’yicha 957,6 mlrd so’m soliqlar hisoblangan.

