Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi “Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ–350-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi (Akademiya) faoliyatining maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
– dunyoning eng nufuzli top-10 reytingiga kirgan taʼlim tashkiloti bilan hamkorlik oʻrnatish va mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
– 1 oygacha boʻlgan malaka oshirish hamda 8 oygacha boʻlgan qayta tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish.
Akademiya “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tuzilmasiga kiradi.
Akademiyada oʻqitish Oʻzbekistonda amaldagi taʼlim shakllarida oʻzbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi.
2025-yil 1-dekabrdan:
– turizm sohasi subyektlari mutaxassislari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi.
– har yili Butunjahon turizm tashkilotiga aʼzo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassislariga Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturlarida taʼlim olish uchun maxsus grant ajratiladi.
