Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–222-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
– safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul oʻtash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi;
“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali:
– avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiya haydovchilik guvohnomasining “A”, “B”, “D” va “DE” toifalarini olish uchun toʻlab beriladi;
– kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi hamda 1 oʻquv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim;
– ayni bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordamlardan koʻpi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
