Statistika: Oʻzbekistonda xususiy maktablar soni 455 tani tashkil etgan

Statistika: Oʻzbekistonda xususiy maktablar soni 455 tani tashkil etgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2020/2021 oʻquv yili boshiga nisbatan 762 taga oshgan.

 

Ularning 455 tasini nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari tashkil etgan boʻlib, 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan ularning soni 4,5 barobarga koʻpaygan.

 

Hududlar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni quyidagicha:

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 7 ta;

Andijon viloyati — 32 ta;

Buxoro viloyati — 27 ta;

Jizzax viloyati — 8 ta;

Qashqadaryo viloyati — 21 ta;

Navoiy viloyati — 4 ta;

Namangan viloyati — 28 ta;

Samarqand viloyati — 38 ta;

Surxondaryo viloyati — 4 ta;

Sirdaryo viloyati — 12 ta;

Toshkent viloyati — 25 ta;

Fargʻona viloyati — 93 ta;

Xorazm viloyati — 25 ta;

Toshkent shahri — 131 ta.

 

Hududlar kesimida nodavlat maktablar soni eng yuqori ko‘rsatkichni Toshkent shahri (131 ta) qayd etgan. Bu raqam nodavlat maktablar soni eng kam bo‘lgan Navoiy va Surxondaryo viloyatlaridagi (4 tadan) ko‘rsatkichdan qariyb 33 baravar yuqori.

 

Shuningdek, Fargʻona viloyati 93 ta nodavlat maktab bilan respublikada ikkinchi o‘rinda turadi va bu natija ko‘plab boshqa hududlardagidan ancha yuqori ekani bilan ajralib turadi.

 

Umuman olganda, yirik aholi punktlari va iqtisodiy faolligi yuqori bo‘lgan hududlarda nodavlat taʼlim muassasalari sonining o‘sishi kuzatilmoqda. Bu esa taʼlim xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borayotgani va sohada raqobatning kuchayib borayotganidan dalolat beradi.