18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

1991-yilning 18-noyabrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu qonunga koʻra, bayrogʻimiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Bugun BMT binosida unga aʼzo boʻlgan 193 mustaqil davlat qatori Oʻzbekistonning ham bayrogʻi hilpirab turibdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Aslida har bir bayroqning oʻz tarixi, u mansub boʻlgan yurt suvratiyu siyratiga monand qiyofasi bor.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Oʻzbekiston bayrogʻidagi har bir rang, har bir belgi oʻziga xos maʼnoga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Undagi moviy rang — kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikni oʻzida aks ettiradi. Oq rang — poklik, begʻuborlikni ifodalab kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yashil rang esa, yasharish va yangilanish ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz, asriy qadriyatlarimiz, iymon-eʼtiqodimiz timsoli hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Qizil chiziqlar tomirimizdagi ajdodlar qoni – mangulik nishonasidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Bayroq atamasi eski turkiy atama boʻlib, u bundan ming yillar avval ham aynan shu maʼnoda qoʻllangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Tilshunoslarning aytishicha, bu nom qadimgi turkchada baziraq, badiroq, batiroq tarzida ham qoʻllangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Yaʼni, bayroq biror el-ulus, qavmning erkinlik belgisi boʻlib, u baland joylarga, hukmdorlar chodiriga oʻrnatib, sanchib (botirib) qoʻyilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uni tugʻ, yalov, sanchoq (sanjoq) nomlari bilan ham ataganlar.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

2018-yilning oktyabr oyida bayrogʻimiz yana bir xalqaro tashkilot – Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (hozirda Turkiy davlatlar tashkiloti)dan ham oʻrin olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu xalqaro tashkilot bayrogʻi ham unga aʼzo boʻlgan davlatlar bayroqlaridagi ranglar va shakllar uygʻunligidan tashkil topgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Turkiy kengash tugʻidagi oq va moviy rang, hilol tasviri yurtimiz bayrogʻiga hamohangdir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Tarixda hukm surgan turli sulolalar, davlatlar ham oʻz bayroqlariga ega boʻlgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Masalan, qadimgi Koʻkturk hoqonligi, Amir Temur davlati bayrogʻi — moviy, qadimgi ajdodlarimiz boʻlgan xunlarning bayrogʻi — oq, Gʻaznaviylar davlati, Qoʻqon xonligi bayroqlari — yashil, Turkiston muxtoriyati bayrogʻi — koʻk va qizil ranglarda edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Binobarin, Oʻzbekiston bayrogʻini qabul qilishda, unda muayyan ranglarni belgilashda tarixiy anʼanalarimizga alohida urgʻu berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hilol va yulduzlar davlat bayroqlarida juda keng tarqalgan belgilar sanaladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bu ramzlar oʻzbek davlatchiligi tarixidagi koʻpgina davlat bayroqlarida oʻz aksini topgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Oʻzbekiston bayrogʻidagi yarim oy va oʻn ikki yulduz ham oʻziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qadimdan osmonda yangi oy koʻringanda yaxshi niyatlar bildirish koʻpgina turkiy xalqlarga xos hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Hilol ezgulik, orzu- umidlar, umrboqiy anʼanalar va Islom dini timsolidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Koʻhna Sharqda qadimdan oʻn ikki raqami — mukammallikni, komillikni anglatib kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Oʻn ikki oy, oʻn ikki burj… “Temur tuzuklari”da yozilishicha, Sohibqiron oʻz saltanatini oʻn ikki toifadagi kishilar bilan mustahkamlagan, davlat boshqaruvida oʻn ikki tamoyilga qatʼiy amal qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Azaldan oʻn ikki yoshga toʻlgan goʻdak bir muchal yashagan, balogʻatga yetgan hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Sohibqiron Amir Temur saltanatida ham bayroq davlat va millatning gʻururi sanalgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Uch halqa tasviri tushirilgan davlat tugʻi Sohibqiron qoʻshinidagi eng ishonchli bahodirlar, sarkardalar tomonidan qoʻriqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Gʻanimlarga qarshi jangu jadallarda yuksak mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan amiru sipohiylarga ham maxsus tugʻ va nogʻora hadya qilingani tarixiy manbalarda oʻz aksini topgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠