Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga tayyorgarlik uchun maxsus jonli tahliliy darslar o‘tkaziladi

Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga tayyorgarlik uchun maxsus jonli tahliliy darslar o‘tkaziladi

Joriy yilning 24–29-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan asosiy olimpiadaning hududiy bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Fan olimpiadalari markazi tomonidan yangi loyihaga start beriladi.

 

Tahlillar 2024-yilgi asosiy olimpiadaning hududiy bosqich topshiriqlari asosida 1-guruh fanlari bo‘yicha sinflar kesimida olib boriladi.

 

Ularni:

 

– Fan olimpiadalari markazining Fan kengashi a’zolari;

 

– o‘z yo‘nalishining yetuk malakali ekspertlari jonli tarzda taqdim etadi.

 

Maqsad – ishtirokchilarni hududiy bosqichga puxta tayyorlash, murakkab savollarni tahliliy fikrlash orqali osonroq o‘zlashtirish imkonini yaratish.

 

Loyihada barcha ishtirok etishi mumkin.