Xabaringiz bor, ayni damda pedagoglarning malaka toifasini aniqlash bo‘yicha attestatsiya jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu jarayon orqali o‘qituvchilarning bilim va kasbiy mahorati baholanib, ularga malaka toifalari hamda ustamalar belgilanmoqda.
Navoiy viloyati Uchquduq tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Qodirova Dilnoza Aminovna 100 ball to‘plab, oliy toifani muvaffaqiyatli yangiladi.
Avvalroq, Farg‘onalik matematika o‘qituvchisi toifa sinovidan 100 ballik natijani qo‘lga kiritgani haqida ham xabar bergan edik.
