Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi?

Ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi abituriyent shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Bunda onlayn ro‘yxatdan o‘tishdagi telefon raqam login o‘rnida hamda o‘zlari qo‘ygan parolni kiritgan holda shaxsiy kabinetga kirib, ruxsatnomani yuklashi mumkin.

 

Agarda telefon sim kartasi yo‘qolgan va parol yoddan ko‘tarilgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

 

– Aloqa kompaniyasiga borib, ro‘yxatdan o‘tgan raqamni qayta tiklash (sim kartani yangilash);

 

– Yoki buning ham imkoni bo‘lmaganda Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilganda, murojaatchi so‘ragan boshqa telefon raqamiga o‘zgartirib beriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры