Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 10-noyabr kuni umumtaʼlim maktablarining matematika fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya o‘tkazildi.
– Sirdaryo viloyati, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Guliston filiali matematika fani oʻqituvchisi Anvar Abdukarimov 96 ball;
– Samarqand shahridagi 1-IDUMning matematika fani o‘qituvchisi Islom Qulmurodov 94 ball;
– Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi 34-maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi Maqsud Sariqov 92 ball;
– Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi 22-maktabning matematika fani oʻqituvchisi Barno Shoyoqubova 92 ball;
– Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 8-maktabning matematika fani o‘qituvchisi O‘ktam Toshqulov 90 ball toʻpladi.
Avvalroq, toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan xorijiy tillar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilingandi.
