Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi OʻzAga bergan intervyusidaa abituriyentlarga ruxsatnomani 10-iyuldan avvalroq tarqatish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.
“Abituriyentlarga ruxsatnomani berish kirish imtihonlaridan bir hafta oldin boshlanadi. Aniq sanalarni hozir ayta olmaymiz, chunki hozircha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangani yoʻq.
Lekin Oliy taʼlim vaziri tomonidan imtihonlarni 14-iyuldan boshlash rejalashtirilayotganligini aytib oʻtildi. Agar 14-iyulga imtihonlar boshlansa ruxsatnomalar 10-iyuldan oldinroq tarqatila boshlanishi mumkin.”- dedi BMMA xodimi.
Ta’kidlash lozim, oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ijodiy imtihonlar 1–25- iyul kunlari, kirish test sinovlari esa 14-iyuldan 28-iyulgacha o‘tkazilishi rejalashtirilganini bildirgandi.