Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar beriladi

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar beriladi

Ma’lumotlarga ko’ra, endilikda ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar beriladi. Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:

– yo‘nalish
– oliy ta’lim muassasasi nomi;
– manzil;
– sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

 

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi, –  deyilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmatining xabarida.