Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
3–7-noyabrga qadar mazkur sinovlarda umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
7-noyabr kuni esa umumtaʼlim maktablarining fransuz tili, nemis tili, koreys tili, xitoy tili, yapon tili fanlari oʻqituvchilari va psixologlari, logoped-pedagoglari, defektolog-pedagoglari uchun attestatsiya o‘tkazildi.
Attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:
– Surxondaryo viloyati, Termiz shahridagi 17-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Aziza Ziyaqulova 96 ball;
– Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi 6-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Janar Duysebayeva 94 ball;
– Farg‘ona viloyati, Rishton tumanidagi 31-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Guli Xomidjonova 94 ball;
– Sirdaryo viloyati, Guliston tumanidagi 26-maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Munavvar Eshbekova 94 ball;
– Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi 26-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Zilola Najmiddinova 92 ball;
– Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Aziza Baymanova 92 ball;
– Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi 28-maktabning fransuz tili fani o‘qituvchisi Sadoqat Allamova 92 ball;
– Buxoro viloyati, Romitan tumanidagi 18-maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi Nafosat Djurayeva 90 ball;
– Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 33-maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi Sunnatillo Ochilov 90 ball;
– Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 12-maktabning koreys tili fani o‘qituvchisi Sitora Polvonova 90 ballni qo’lga kiritdi.
Avvalroq, toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilingandi.
Shuningdek, buxorolik fransuz va nemis tili o‘qituvchilari attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etishgandi.
