Respublikamiz bo‘ylab joriy o‘quv yili uchun Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi barcha hududlarda boshlanmoqda.
Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2-guruh fanlari bo‘yicha REJA-GRAFIK tuzildi.
Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.
Olimpiada jarayoni qanday o‘tadi?
Tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlaridan olimpiada bir turda o’tkaziladi. Bunda 40 ta test topshirig’i uchun 80 daqiqa vaqt beriladi.
Ona tili va adabiyot, rus (qozoq, tojik, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan olimpiada bir turda 2 qismga bo‘lib tashkil etiladi:
1-qismda turli qiyinlik darajasidagi 30 ta testdan iborat bo‘lib, unga 60 daqiqa vaqt ajratiladi.
2-qismda tashkiliy qo‘mita 5 tagacha esse mavzusini hakamlar hay’atiga taqdim etadi. Ishtirokchilar qur’a tashlash orqali bir mavzuni tanlaydi va ularga 60 daqiqa vaqt beriladi.
Ingliz, fransuz va nemis tillari bo’yicha sinov bir turda 2 qismda o’tkaziladi:
1-qismda tinglab tushunish va o’qish;
2-qismda leksik grammatik ko’nikmalar baholanadi. Umumiy vaqt 180 daqiqani tashkil etadi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, fanlar kesimida 11-sinflar orasidan 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Sinflar kesimida eng kuchli 5 nafar nomzodlar esa xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichida qatnashadi.
2-guruhning tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlaridan test topshiriqlari ishtirokchilarning ta’lim tiliga mos ravishda o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etiladi. 2-guruhning boshqa fanlari bo‘yicha tarjima qilinmaydi.
Ishtirokchilar olimpiadaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), maktabning maxsus ma’lumotnomasi va ruchka bilan kelishlari lozim.
Eslatma: Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi. Kechikkan ishtirokchilar jarayonga kiritilmaydi.
Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin.
Avvalroq, olimpiadaning 1-guruh fanlari kesimida o‘tkazilish sanalari haqida xabar berilgandi.

