Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqich 2-guruh fanlarini o‘tkazish sanalari va tartibi

Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqich 2-guruh fanlarini o‘tkazish sanalari va tartibi

Respublikamiz bo‘ylab joriy o‘quv yili uchun Asosiy olimpiadaning uchinchi – hududiy bosqichi barcha hududlarda boshlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shu munosabat bilan Fan olimpiadalari markazi tomonidan 2-guruh fanlari bo‘yicha REJA-GRAFIK tuzildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Olimpiada jarayoni qanday o‘tadi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlaridan olimpiada bir turda o’tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bunda 40 ta test topshirig’i uchun 80 daqiqa vaqt beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ona tili va adabiyot, rus (qozoq, tojik, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan olimpiada bir turda 2 qismga bo‘lib tashkil etiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

1-qismda turli qiyinlik darajasidagi 30 ta testdan iborat bo‘lib, unga 60 daqiqa vaqt ajratiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2-qismda tashkiliy qo‘mita 5 tagacha esse mavzusini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ishtirokchilar qur’a tashlash orqali bir mavzuni tanlaydi va ularga 60 daqiqa vaqt beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ingliz, fransuz va nemis tillari bo’yicha sinov bir turda 2 qismda o’tkaziladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

1-qismda tinglab tushunish va o’qish;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2-qismda leksik grammatik ko’nikmalar baholanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Umumiy vaqt 180 daqiqani tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yakuniy natijalarga ko’ra, fanlar kesimida 11-sinflar orasidan 3 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Sinflar kesimida eng kuchli 5 nafar nomzodlar esa xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichida qatnashadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2-guruhning tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlaridan test topshiriqlari ishtirokchilarning ta’lim tiliga mos ravishda o‘zbek yoki rus tillarida taqdim etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ 2-guruhning boshqa fanlari bo‘yicha tarjima qilinmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ishtirokchilar olimpiadaga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta), maktabning maxsus ma’lumotnomasi va ruchka bilan kelishlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatma: Jarayonlar boshlanishidan 1 soat oldin auditoriyaga kirish toʻxtatiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Kechikkan ishtirokchilar jarayonga kiritilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Olimpiada jarayonida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan taqdirda, Markazning maxsus boti yoki ushbu (+998 71 207 05 24) telefon raqamga murojaat qilishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, olimpiadaning 1-guruh fanlari kesimida o‘tkazilish sanalari haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Asosiy olimpiadaning uchinchi bosqich 2-guruh fanlarini o‘tkazish sanalari va tartibi⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠