Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Joriy yilning 4-noyabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yigʻilishini oʻtkazdi.

 

Mazkur yig‘ilishda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktoriga o‘rinbosarlar tayinlandi.

 

Maxmudov Anvarjon Zokirovich – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga;

 

Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovich – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Ular bunga qadar Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.