Toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilindi

Toifa sinovlarida yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mazkur sinovlarda 3–7-noyabrga qadar umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari ishtirok etadilar. Bugun, 6-noyabr ushbu fan pedagoglari uchun attestatsiyaning 4-kuni.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabariga ko’ra, attestatsiya sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:

 

Taxiatosh tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Dilshoda Atakeyeva 98 ball,

 

Zangiota tumanidagi 7-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Madina Kokinova 94 ball,

 

Paxtakor tumanidagi 3-maktabning boshlang‘ich sinf o’qituvchisi Sharofat Boynazarova 92 ball,

 

Pastdarg‘om tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muattar Isrofilova 92 ball,

 

Buxoro shahridagi 12-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Zaynura Xolliyeva 92 ball,

 

Kogon tumanidagi 4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi E’tibor Nematova 92 ball,

 

Kogon tumanidagi 18-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nargiza Safarova 92 ball,

 

G‘ijduvon tumanidagi 19-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Sitora Ortiqova 92 ball,

 

Guliston tumani 3-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi Olimova Zuxra 90 ball,

 

G’allaorol tumanidagi 29-maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Gulhayo Eshpulatova 90 ballni qo’lga kiritdi.